Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya hukumati Suriya kurdlari partiyasi yetakchisini hibs qilish uchun order berdi
Foto: Anadolu
Turkiya hukumati Suriyadagi kurdlarning «Demokratik ittifoq» (PYD) partiyasi hamraisi Salih Muslimni fevral oyida Anqarada amalga oshirilgan terakt bo‘yicha tekshiruvlar doirasida hibsga olish uchun order berdi. Bu haqda Anadolu xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, sud jami bo‘lib 48 kishini qo‘lga olishga order bergan, ular orasida Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) yetakchilari ham bor.
KIP Turkiyada terrorchilik tashkilot sifatida tan olingan va uning mamlakatda faoliyati taqiqlangan.
Shu yilning fevralida Anqara shahri markazida portlovchi qurilmalar joylangan avtomobil portlatilgandi. Terakt oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan va o‘nlab kishilar jarohatlangandi.
Keyinroq kurd jangarilari bu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Mavzuga oid
13:33 / 08.11.2025
Turkiya sudi Binyamin Netanyahu va yana o‘nlab isroillik amaldorlarni hibsga olishga order berdi
07:35 / 22.08.2025
Toshkentda shifoxonalarga imtiyozli order sotayotganlar ushlandi
18:26 / 14.08.2025
Davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma kimlarga va qay tartibda beriladi?
00:50 / 21.01.2025