Toşkentda şifoxonada davolaniş uçun imtiyozli yöllanmalarni (order) sotiş bilan şuğullangan şaxslar qölga olindi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar qildi.
Qayd etilişiça, fuqaro G.M. Toşkent şahridagi tuman tibbiyot birlaşmalarida işlayotgan tanişlari yordamida har qanday şifoxonada davolaniş uçun 1,5-2 million söm evaziga imtiyozli order tayyorlab berişini ijtimoiy tarmoqda muntazam e’lon qilgan. Holat yuzasidan nazorat tadbiri ötkazilib, uşbu fuqaro, uning şeriklari va bir neça tibbiyot xodimlari qölga olindi.
Örganiş jarayonida G.M. şerigi yonida ham şunday order borligi aniqlangan. Şuningdek, Ibn Sino nomli 1-son şahar klinik şifoxonasida davolaniş uçun beriladigan orderlar ham topilgan. Hujjatlarga Şayxontohur tumanidagi oilaviy poliklinikalarning birida işlayotgan şifokorlarning imzosi va muassasa muhri qöyilgani ma’lum bölgan.
Ta’kidlanişiça, holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti tomonidan jinoyat işi qözğatiş hamda dastlabki tergov harakatlari olib boriş masalasi körib çiqilmoqda.












