Tibbiy yordamni taşkillaştiriş departamenti bölim boşliği Azizbek Hamroqulov davolaniş uçun imtiyozli yöllanma – orderni kimlar olişi mumkinligi, u qanday tartibda berilişi haqidagi savol yuzasidan tuşuntiriş berdi.

– 2003 yil 26 fevralda qabul qilingan tegişli huquqiy hujjatda Davlat budjeti mablaği hisobidan tibbiy yordam körsatiladigan qator imtiyozli toifadagi şaxslar röyxati keltirilgan.

Bu röyxatga bolalikdan nogironligi bölgan şaxslar, yetim bolalar, I va II guruh nogironlari, yoşga oid pensiyaga çiqqan va işlamaydiganlar, 1941–1945 yillardagi uruş oqibatida nogiron bölgan şaxslar, uning qatnaşçilari va ularga tenglaştirilgan şaxslar, baynalmilalçi-jangçilar kiritilgan.

Ayni çoğda kam ta’minlangan oilalarning bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvçilari, kambağallik reyestriga kiritilgan oilalar a’zolari, oylik daromadi oilaning har biriga minimal iste’mol xarajati miqdorining 2 baravaridan köp bölmagan vakillari va boşqa bir neça toifadagi şaxslar ham ana şu röyxatdan örin olgan.

Körinib turibdiki, bu imtiyozdan foydalanuvçilar soni kam emas. Şu bois, order oliş tartibini qadam-baqadam keltirsak, ular uçun foydali böladi.

Dastlab mijoz yaşaş joyidagi oilaviy şikofor punktiga yoki poliklinikaga boradi. Bu yerdan u köp tarmoqli markaziy poliklinikaga yönaltiriladi. Şu örinda ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan dispanser röyxatida turadigan şaxslar tegişli viloyat tibbiyot taşkilotlariga töğridan töğri yuborilişi mumkinligini ham eslatib ötiş zarur.

Köp tarmoqli markaziy poliklinika bemorni hududda davolaş mumkin, deb bilsa, uni tuman tibbiyot birlaşmasi statsionar bölimiga yönaltiradi, kasalligiga qarab viloyatga ham jönatişi mumkin. Öz navbatida, viloyatdan respublika tibbiyot taşkilotiga yöllanma beriladi.

Toşkent şahrida fuqaro dastlab oilaviy poliklinikaga boradi. Bu yerdan u köp tarmoqli markaziy poliklinikaga yönaltiriladi. Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar böyiça dispanser röyxatida turadigan bemorlar şahar yoki respublika tibbiyot taşkilotiga töğridan töğri yuborilişi mumkin.

Köp tarmoqli markaziy poliklinikadan şaharga va u yerdan respublika tibbiyot taşkilotlariga yöllanma beriladi.