Jahon | 12:18 / 22.11.2016
4123
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada mamlakat madaniyat vazirining sobiq o‘rinbosari hibsga olindi 

Foto: EPA

Koreya Respublikasi madaniyat, sport va axborot vazirining sobiq o‘rinbosari 22 noyabr kuni mamlakat prezidenti Pak Kin Xe bilan bog‘liq korrupsiya ishi yuzasidan hibsga olindi. Prokuraturaning xabar berishicha, 55 yashar Kim Chonni hibsga olish bo‘yicha orderni Seul tuman sudi taqdim etgan.

"U tovlamachilikda, aniqrog‘i, Samsung  korporatsiyasiga 1,6 mlrd von (1,35 mln dollar) mablag‘ni prezidentning yaqin dugonasi Chxve Sun Silning kompaniyasiga “qurbon” qilishni talab qilgan", - deyiladi xabarda. Bundan tashqari, u Chxve Sun Silga davlat e'tiboriga molik sirlarni yetkazishda ham ayblangan.

Kim Chon 2013 yil vazir o‘rinbosari bo‘lgunga qadar Seulning "Xan'yan" universitetida dars bergan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid