Turkiyada qirollik oilasiga tegishli 2400 yillik maqbara topildi

Foto: IHA Photo
Turk arxeologlari Mug‘la provinsiyasining janubi-g‘arbida Yunon davriga tegishli qadimiy maqbarani topishga muvaffaq bo‘lishdi. Ma'lum bo‘lishicha, u yerda 100dan ortiq artefakt bo‘lgan. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi.
Milas arxeologiya muzeyi jamoasi bundan avval ham boshqa bir maqbarani topgan edi. Manbaga ko‘ra, topilgan qadimiy maqbaralarning umumiy soni 18taga yetgan.
Arxeologlarning ta'kidlashicha, maqbara 2400 yil avval badavlat qirollik oilasi uchun bunyod etilgan.
Hisobotga ko‘ra, qazilma ishlari jarayonida umumiy miqdorda 103 artefakt topilgan.
Turkiya son-sanoqsiz qadimiy obidalar makoni hisoblanadi, birgina Milas hududining o‘zidanoq 27 arxeologik qazilma topilgan.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Xitoy uchun bojlarni 145 foizgacha oshirdi
Jahon | 11:15
-
Buyuk Britaniya Putin ustidan tribunalni qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 11:13
-
Saida Mirziyoyeva animatsiya studiyalari vakillari bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 11:11
-
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida "Farg‘ona vodiysining oltin sayyohlik halqasi" yaratiladi
O‘zbekiston | 11:06
Mavzuga oid

18:19 / 09.04.2025
O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma egalari orasida yetakchilar qatorida

17:01 / 08.04.2025
Erdo‘g‘an muxolifat partiyasi yetakchisini sudga berdi

14:50 / 07.04.2025
Turkiya muxolifati Imomo‘g‘lining hibsga olinishiga qarshi namoyishlarni davom ettiradi

14:15 / 07.04.2025