Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada "Disneylend" va Yelisey maydonlarida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan kimsalar qo‘lga olindi
Fransiyada Parij shahrida "Disneylend" ko‘ngilochar bog‘i va Yelisey maydonlarida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan kimsalar qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Sky News.
Teraktlar 1 dekabrda uyushtirilmoqchi bo‘lgan.
Qo‘lga olinganlar orasida 29 yoshdan 38 yoshgacha bo‘lgan fransuzlar, marokashliklar va afg‘onlar bo‘lgan. Ular Marsel va Strasburgda qo‘lga olinganlar.
Ta'kidlanishicha, teraktlar amalga oshirilmoqchi bo‘lganini smartfon orqali uzatiluvchi axborotni monitoring qilish orqali aniqlashga muvaffaq bo‘lingan. Taxmin qilinishicha, terakt amalga oshiriladigan joy va vaqt haqidagi ko‘rsatma Suriyadan olingan.
Yangi teraktlar 2015 yil 13 noyabrdagi hujumlardan keyin amalga oshirilmoqchi bo‘lgan. O‘shanda bir vaqtning o‘zida bir nechta joyda teraktlar amalga oshirilgan: Sen-Denidagi "Stad de Frans" stadioni yonida portlashlar sodir etilgan, bir nechta restoranda odamlar, "Bataklan" konsert zalida tomoshabinlar o‘qqa tutilgan. Bu teraktlar oqibatida 130 kishi halok bo‘lgan va 350 dan ko‘proq kishi yaralangan.
Mavzuga oid
09:45
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026
Fransiyada parashyutchilar maktabiga qarashli samolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
10:27 / 27.06.2026