Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqdagi terakt oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi
Iroqning al Hilla shahrida ro‘y bergan terakt oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, yana 10 kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Politsiya bergan ma'lumotga ko‘ra, xudkush-terrorchi minalashtirilgan avtomobilni Bag‘dod shahridan 100 km. masofada joylashgan AYoQShda harakatga keltirgan. Huquqni muhofaza qilish organi xodimlarining aytishicha, teraktdan maqsad Karbalo shahridan qaytayotgan eronlik ziyoratchilar bo‘lgan. Chunki aksari hollarda ziyoratchilar AYoQSh atrofida joylashgan restoranlarda ovqatlanishar edi.
Teraktni hozircha hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan. Ammo eronlik politsiyaning taxminlariga ko‘ra, fojiaga IShID terrorchilik harakati aloqador bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026