Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: Arktika Alyaska va Texas hududiga teng muzliklaridan mahrum bo‘ldi
Shimoliy muz okeani ekologiyasi global iqlim isishidan jiddiy o‘zgarishlarga uchradi. Va bularning barcha mintaqadagi barcha hayvonot dunyosi, morjlar, qutb ayiqlari va kitlarga ta'sir ko‘rsatmoqda.
The New York Times nashrining yozishicha, amerikalik olimlarning tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, noyabr oyida "okeanning yuqori kengliklaridagi havo harorati me'yordagidan yuqori bo‘lgan, muz qatlami maydoni esa yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 28,5 foizga qisqargan".
Hozirda, Arktikadagi muz maydoni 1979 yildan beri eng kichik hududni egallamoqda. "Muzdan holi bo‘lgan hududlar maydoni Texas va Alyaska shtatlarining umumiy maydoniga teng", -deb jar solgan The New York Times nashri. Uning yozishicha, akvatoriyada suv o‘tlari tobora ko‘payib bormoqda.
San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti okeanshunoslari 1997-2015 yillardagi sun'iy yo‘ldoshlar yordamida olingan hudud suratlarini o‘rganib, Arktikadagi suv o‘tlari hajmi 47 foizga ko‘payganini ta'kidlashmoqda. Bundan tashqari, ularning faol o‘sish davri tobora vaqtliroq boshlanmoqda.
Shu bilan birga, ayrim hududlarda muz qalinligi shunchalik qisqarganki, undan o‘tayotgan quyosh nurlari suv o‘tlarining muz ostida o‘sishiga yetarli bo‘layapti. Bu esa, qushlar va kitlarning ko‘chish yo‘nalishlarini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.