Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an YeIga qochqinlarni yuborish bilan tahdid qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning bayonot berishicha, YeI turk hukumatiga qarshi siyosatini davo ettiradigan bo‘lsa, muhojirlar uchun Yevropa chegaralarini ochib yuboradi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Yevroparlament 24 noyabrda qabul qilgan rezolyutsiyasida Turkiyani YeIga qabul qilish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishga chaqirgan edi. Bunga Turkiya hukumatining yuritayotgan siyosati sabab qilib ko‘rsatilgan edi. Bu Anqaraning keskin bayonotiga asos bo‘ldi. Xususan, bosh vaziri Binali Yildirimning so‘zlariga ko‘ra, bu hujjat Turkiya uchun hech qanday huquqiy kuchga ega emas.
"Qadam tashlandi: Turkiya YeIga kiradimi yoki yo‘q? 30-40 kishi to‘planib, "yo‘q" deyishdi. Siz hech qachon o‘zingizni insoniylik jihatidan to‘g‘ri va adolatli tutmagansiz. Biz 3 mln qochqinni qabul qilamiz, siz esa 50 ming kishi o‘tishga urinsa, devor qurishni boshlaysiz. Yaxshilab eshitib oling, agar siz yana shunday davom etsangiz, chegara punktlari ochiladi", — degan Erdo‘g‘an Istanbulda bo‘lib o‘tgan "Ayol va demokratiya" xalqaro konferensiyasidagi uchrashuvida.
Mavzuga oid
10:52 / 15.07.2026
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026