Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidentining reytingi rekord darajada pasaydi
Koreya Respublikasi (KR) prezidenti Pak Kin Xening reytingi davlatdagi korrupsiya bilan bog‘liq mojarolar sabab 4 foizga tushib ketdi. Bu haqda Reuters agentligi Gallup Korea ijtimoiy xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.
Jamoat fikrini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnoma mamlakat rahbarini rekord darajadagi kamchilik qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rsatdi. Shu bilan bir qatorda, uning faoliyatidan norozi fuqarolar soni 93 foizga yetdi.
Janubiy Koreya prokuraturasi 20 noyabr kuni KR prezidenti bilan bog‘liq yirik mojaro borasidagi tergovning oraliq natijalarini tarqatdi. Rahbarning yaqin dugonasi Chxve Sun Sil va yana ikki nafar prezident ma'muriyati amaldoriga korrupsiya, tovlamachilik va xizmat vazifasini suiiste'mol qilish aybi qo‘yilgan.
Ular 50 dan ortiq Janubiy Koreya kompaniyasini Chxe Sun Silning ikkita jamg‘armasiga o‘nlab million dollarni o‘tkazib berishga majburlashgan. Tergovchilarning fikricha, Pak Kin Xe o‘z dugonasining xatti-harakatlaridan xabardor bo‘lib, aftidan bu ishlarda o‘zi ham ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. Prokuratura davlat rahbarini o‘tgan hafta tergovga chaqirishni rejalashtirgandi, biroq uning himoyachisi u tergov bilan hamkorlik qilish istagida emasligini ma'lum qildi. Bunga “bunday o‘ylab topilgan ayblovlar tufayli haqoratlangani” sabab qilib ko‘rsatildi. Bunga qadar esa prezident surishtiruv jarayoniga ko‘mak berishga tayyor ekani haqida xabar qilingandi.
Janubiy Koreya konstitutsiyasiga ko‘ra, amaldagi prezidentga nisbatan vatanga xoinlik moddasidan boshqa hech qanday jinoiy ish qo‘zg‘atib bo‘lmaydi. Davlat rahbari ma'muriyatida prokuratura ayblovlarini dalil va isbotlarsiz, deya atashdi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026