Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elchi: Ozarboyjon – O‘zbekistonning Janubiy Kavkazdagi muhim sherigi
Foto: Uzreport
O‘zbekiston Ozarboyjon bilan hamkorlikni chuqurlashtirishga birinchi darajali ahamiyat qaratib, uni Janubiy Kavkazdagi muhim sherik bilan sifatida ko‘radi, dedi Bokudagi O‘zbekiston elchisi Sherzod Fayziyev “Ravon” brendining yangi avtomobillari taqdimotida. Tadbir juma kuni bo‘lib o‘tgan.
“So‘nggi yillarda biz munosabatlar rivojidagi yangi bosqichga guvoh bo‘ldik. Ular strategik hamkorlik darajasigacha ko‘tarildi”, - dedi Fayziyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, iliq va ishonchli munosabatlarning o‘rnatilishi ozarboyjon va o‘zbek xalqlarining chuqur tarixiy ildizlari, milliy an'analar, til va madaniyatining o‘zaro yaqinligiga asoslangan.
Ozarboyjon Davlat bojxona qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro mahsulot ayirboshlash hajmi 10,15 million dollarni tashkil etdi. Hisobot davrida Ozarboyjon 7,87 million dollar miqdoridagi o‘zbek mahsulotlarini import qilgan bo‘lsa, O‘zbekistonga umumiy summasi 2,28 million dollarlik tovarlar eksport qilindi.
Mavzuga oid
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
10:19 / 22.04.2026
Markaziy Osiyo va Ozarboyjon yetakchi ayollari ustuvor vazifalarni muhokama qildi
11:48 / 16.04.2026