Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshida Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan boks kechasi o‘tkaziladi
Bugun, 26 noyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Olamsport xabar bermoqda.
Unda O‘zbekiston charm qo‘lqop ustalaridan tashqari, Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya, Turkmanistondan tashrif buyurgan bokschilar ringga ko‘tarilishadi.
Bugungi boks kechasidan jami 7ta jang o‘rin olgan bo‘lib, ulardan ikkitasi chempionlik kamari uchun kechadi. O‘n raundga mo‘ljallangan janglarning birida Mansur Abdumamatov va Jamshid Najmiddinov o‘zaro ringga chiqishadi.
Ikkinchi chempionlik jangida qarshilik bokschi Feruz Yo‘ldoshev gruziyalik sportchi bilan bahs olib boradi. Har ikkala jang ham Osiyo chempionlik kamari uchun kechadi.
Bellashuvlar mahalliy vaqt bilan 18:00da boshlanadi.
Mavzuga oid
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026