Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olland Kubadan sanksiyalarni olishga chaqirdi
Fransiya prezidenti Fransua Olland Antananarivuda o‘tgan fransuzzabon davlatlar sammitidagi nutqida Kubadan barcha sanksiyalar bekor qilinishi kerakligini aytdi, deb xabar bermoqda BFMTV telekanali.
Ollandning aytishicha, sanksiyalar Kubaga katta zarar yetkazadi.
"Fidel Kastro vafoti tufayli Kubaga nisbatan barcha iqtisodiy cheklovlarni bekor qilish zarurligi haqida qat'iy ishonch bildirmoqchiman. Gavana xalqaro hamjamiyatga qo‘shilishi va to‘laqonli hamkor sifatida qabul qilinishi kerak", deb aytdi Olland.
Olland AQSh va Kuba o‘rtasida munosabatlar iliqlashishi e'lon qilingandan keyin "Ozodlik oroli"ga 2015 yil may oyida tashrif buyurgan birinchi davlat rahbari bo‘lgandi.
"Men Kubadagi inson huquqlari buzilishi haqida bir necha marotaba aytgan bo‘lsamda, cheklovlar muammoni hal qilishga olib kelmaydigan bir tomonlama qadam hisoblanadi, deb hisoblab kelganman", deb qo‘shimcha qildi Olland.
Fidel Kastro 25 noyabrda 90 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Mavzuga oid
10:10 / 12.06.2026
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
22:15 / 05.06.2026
Tramp Eron masalasi «hal bo‘lgach» Kubadagi rejimni o‘zgartirish rejasini e’lon qildi
08:38 / 05.06.2026
Vashington Kuba rahbariyatiga bosimni kuchaytirmoqda
17:56 / 22.05.2026