Parlament quyi palatasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Deputatlar o‘z ishlarini “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda muhokama qilishdan boshladilar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Muhokama chog‘ida deputatlar alohida ta'kidladilarki, qonun loyihasi muhim va o‘z vaqtida qabul qilinayotgan bo‘lib, u birinchi navbatda fuqarolar jumladan, tadbirkorlarning davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga ishonchini mustahkamlash, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni keng ko‘lamda qonun yo‘li bilan tartibga solishga, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishga, shuningdek jamiyat hayotining barcha sohalarida bunday holatga to‘liq barham berishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish orqali korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga nisbatan murosasizlik muhitini yaratishga qaratilgandir.
Shundan so‘ng parlament quyi palatasi deputatlari “Ma'muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.
Qonun loyihasida, xususan, ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish, joylashtirish va saqlash, ularni ko‘rikdan o‘tkazish, joylashtirish va saqlash tartibi, shuningdek ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash rejimini ta'minlash chora-tadbirlari, ularning huquqiy holati, huquqlari va majburiyatlari kabi masalalar nazarda tutilgan. Shuningdek, qonun loyihasida bunday shaxslarning shaxsiy xavfsizligini ta'minlash va yuridik yordam ko‘rsatishga, ularning fuqarolik-huquqiy bitimlarda hamda oilaviy munosabatlarda ishtirok etishiga, ular tomonidan murojaatlar, pochta jo‘natmalari va yo‘qlovlarni berish va olishga, maxsus qabulxona hududidan chetga chiqishiga taalluqli normalar, shuningdek ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash joylari, ularning moddiy-maishiy hamda tibbiy ta'minotiga doir asosiy talablar mustahkamlab qo‘yilgan.
Mazkur huquqiy hujjatlarning muhokamasi siyosiy partiyalar fraksiyalari nuqtai-nazarlarini inobatga olgan holda qizg‘in va erkin munozara shaklida bo‘lib o‘tdi. Deputatlar mazkur qonunlarni qabul qilish hamda ularni Senatga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildilar.
Mavzuga oid
19:08 / 25.10.2024
Saylovda 1 milliondan ortiq fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi
18:07 / 16.10.2024
Oliy Majlis saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi
17:44 / 20.09.2024
«Haddini bilmaganlarni mehmon deyolmaymiz» – O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi
20:25 / 23.07.2024