Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
27 noyabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari
Foto: Kun.uz
26 noyabr tuni va 27 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Amudaryo ustidan O‘zbekiston va Turkmanistonni bog‘lovchi ko‘priklar bunyod etiladi

2017 yil boshida Amudaryo ustidan o‘tuvchi, O‘zbekiston va Turkmaniston transport magistrallarini bog‘lovchi avtomobil va temir yo‘l ko‘priklari foydalanishga kiritiladi.
>>> Batafsil.
Pan Gi Mun Ashxabodda BMTning yangi vakolatxonasini ochdi
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun 26 noyabrda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov bilan Markaziy Osiyodagi mintaqaviy muammolarni muhokama qildi va shuningdek, BMTning Ashxaboddagi yangi vakolatxonasini ochdi.
>>> Batafsil.
Kyolndan uchgan samolyot o‘z yo‘nalishini keskin o‘zgartirib, aloqaga chiqmay qo‘ydi
Germaniyaning Kyoln shahridan havoga ko‘tarilgan Airbus A320 samolyoti Atlantika okeani ustida o‘z yo‘nalishini keskin o‘zgartirdi.
>>> Batafsil.
Putin va Erdo‘g‘an ketma-ket ikkinchi kun telefon orqali suhbatlashishdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an telefon orqali suhbatlashishdi, deb ma'lum qilmoqda Kreml sayti.
>>> Batafsil.
Urugvayda Fidel Kastro vafoti munosabati bilan motam e'lon qilindi

Urugvay hukumati Kubaning sobiq yetakchisi Fidel Kastro vafoti munosabati bilan mamlakatda bir kunlik motam e'lon qildi.
>>> Batafsil.
Fidel Kastro vafoti munosabati bilan Nikaragua va Venesuelada ko‘p kunlik motam e'lon qilindi
Nikaraguada Kubaning sobiq yetakchisi Fidel Kastro vafoti munosabati 9 kunlik motam tutiladi. Tegishli farmonni mamlakat prezidenti Daniyel Ortega imzoladi.
>>> Batafsil.
Eron prezidenti mintaqadagi muammolarni hal qilishda Turkiyani hamkorlik qilishga chaqirdi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Yaqin Sharqdagi muammolarni hal qilish uchun Tehron va Anqara o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish zarurligini aytdi.
>>> Batafsil.
Havo sharidan antiqa robot yaratildi

Los-Anjyelesda joylashgan RoMeLa laboratoriyasi olimlari antiqa robot BALLU’ni loyihalashtirishdi.
>>> Batafsil.
APL. «Chelsi»ning quruq, «Tottenhem»ning mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘yildi

Angliya premer-ligasining 13-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv yakunlandi. London derbisi bir qancha buzilmay kelayotgan seriyalarga nuqta qo‘yilishi bilan ham alohida ahamiyat kasb etdi.
>>> Batafsil.
«Chonbuk Motors» 2-marta OChL g‘olibi bo‘ldi

Osiyo chempionlar ligasi finalining javob o‘yini o‘tkazildi. Unda BAAning «Al-Ayn» klubi Janubiy Koreyaning «Chonbuk Motors» klubini qabul qildi.
>>> Batafsil.
Mavzuga oid
14:01 / 04.01.2025
Isroilning G‘azoga aviazarbasi, Suriyaga tashrif buyurgan yevropalik vazirlar va Antalyaning rekordi - kun dayjesti
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020