BMT boş kotibi Pan Gi Mun 26 noyabrda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov bilan Markaziy Osiyodagi mintaqaviy muammolarni muhokama qildi va şuningdek, BMTning Aşxaboddagi yangi vakolatxonasini oçdi. BMT boş kotibi devonxonasida ma'lum qilinişiça, Pan Gi Mun bundan avval Aşxabodda ötayotgan barqaror transport tizimi böyiça xalqaro anjumanda çiqiş qildi.
Pan Gi Mun anjuman iştirokçilarini transportni xavfsiz, hamyonbop va ekologik toza qiliş uçun "dadil va innovatsion qadamlarni" körişga çaqirdi. Uning aytişiça, har yili yöl-transport hodisalarida 1,2 mln dan köproq odam hayotdan köz yumadi, ulardan 90 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yaşagan odamlardir.
Bundan taşqari, boş kotib har yili 3 mln kişi atrof-muhitning ifloslanişi sababli yuzaga kelgan kasalliklar sababli ölişini ma'lum qildi. "Bizga ekologik toza va hamyonbop transport tizimlari zarur. Ilmiy-texnik taraqqiyot bunga erişişda yordam beradi", deb ta'kidlab ötdi BMT boş kotibi.
BMT boş kotibi Turkmaniston prezidentiga taşkilotning yangi binosi uçun minnatdorçilik bildirdi. Pan Gi Mun Gurbanguli Berdimuxamedov bilan suhbati çoğida, şuningdek, kambağallik, oçarçilik va global isişga qarşi kuraşni közda tutuvçi barqaror taraqqiyot maqsadlarining Turkmanistonda amalga oşirilişidagi taraqqiyoti hamda mintaqaviy hamkorlikni muhokama qildi.
BMTning rasmiy saytidagi ma'lumotga köra, 27 noyabrda yakunlanadigan Aşxaboddagi anjumanda 1,5 mingga yaqin kişi, jumladan davlatlar rahbarlari va boş vazirlari, xususiy sektor va fuqarolik jamiyatlari vakillari iştirok etmoqda.












