Germaniyaning Kyoln şahridan havoga kötarilgan Airbus A320 samolyoti Atlantika okeani ustida öz yönalişini keskin özgartirdi. Ta'kidlanişiça, samolyot bir soatdan beri okean ustida uçib yuribdi, ekipaj esa aloqaga çiqmayapti.
Yerdagi xizmatlar samolyot qayerga yöl olayotganidan bexabarlar. Aviatsion dispetçerlik xizmatlari radarlarning körsatişiça, samolyot Farer orollari yaqinida osmonda ğalati şakllarni amalga oşirayotganini ma'lum qilgan.
Samolyot Air Berlin aviakompaniyasiga tegişli ekani haqida ma'lumotlar mavjud. Flightradar24 portalining taxminiça, samolyot maşğulot parvozini amalga oşirayotgan bölişi mumkin, çunki uning reysi raqami BER9777 aeroportning onlayn-tablosida körsatilmagan.













