Angliya premer-ligasining 13-turidan örin olgan markaziy uçraşuv yakunlandi. London derbisi bir qança buzilmay kelayotgan seriyalarga nuqta qöyilişi bilan ham alohida ahamiyat kasb etdi.
Ketma-ket olti turdan buyon öz darvozasidan töp olib çiqmayotgan «Çelsi» bu turda nihoyat gol ötkazib yubordi. Mavsum boşidan buyon biror marta mağlubiyatga uçramay kelayotgan «Tottenhem» esa kiritgan golidan keyin ikkita gol ötkazib yubordi va dastlabki mağlubiyatini tan olişga majbur böldi.
Mazkur ğalabadan keyin «Çelsi» hisobidagi oçkolar soni 31taga yetdi va jamoa yana birinçi öringa qaytdi. «Tottenhem» esa 25 oçko bilan beşinçi örinda qoladigan böldi.
APL
13-tur
Çelsi – Tottenhem 2:1 (1:1)
Gollar: 0:1 – 11 Eriksen, 1:1 – 45 Pedro, 2:1 – 51 Mozes.
Çelsi: Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matiç, Mozes (Ivanoviç, 81), Pedro (Oskar, 83), Kante, Azar (Villian, 77), Diyego Kosta.
Tottenhem: Loris, Vimmer, Vertongen, Uoker, Dembele (Yanssen, 83), Dayyer, Eriksen, Vanyama, Alli (Nkudu, 73), Keyn, Son Xyn Min (Uinks, 65).
Ogohlantirişlar: David Luiz (19), Dembele (26), Villian (85).












