Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fidel Kastro vafoti munosabati bilan Nikaragua va Venesuelada ko‘p kunlik motam e'lon qilindi
Nikaraguada Kubaning sobiq yetakchisi Fidel Kastro vafoti munosabati 9 kunlik motam tutiladi. Tegishli farmonni mamlakat prezidenti Daniyel Ortega imzoladi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"9 kun milliy motam e'lon qilinsin, uning davomida vatanimiz bayrog‘i tushirib qo‘yiladi", deb farmon qilgan Ortega.
Shuningdek, Venesuela hukumati ham uch kunlik motam e'lon qildi. "Venesuela Bolivar Respublikasi komandante Fidelya Kastroning xotirasi va abadiy merosini yod etish maqsadida uch kunlik milliy motam e'lon qiladi", deyilgan Venesuela tashqi ishlar vazirligi chop etgan bayonotda.
Shuningdek, Urugvay, Jazoirda ham Kastro vafoti munosabati bilan milliy motam e'lon qilindi.
Komandante 25 noyabr kechki payt 90 yoshida vafot etdi. Kastro 4 dekabrda dafn etiladi.
Mavzuga oid
08:55 / 07.07.2026
Venesueladagi ofat: qurbonlar soni ortib bormoqda
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026