Kuvaytlik shayxning qotillari qo‘lga olindi
Kuvayt shayxining joniga qasd qilgan ikki eronlik aybiga iqror bo‘ldi. Bu haqda Kuvayt ichki ishlar vazirligi xabar qiladi.
Jinoyat qidiruvi bosh boshqarmasi tomonidan ismi Mohammad Abdullredha Nawasser va Ali Mohammad Al Bughaibesh deb qayd etilayotgan ikki jinoyatchi juma kuni 58 yoshli shayx Sabah Mubarak Al Sabah Al Nasserni, shuningdek, yana bir kuvaytlik kishi va indoneziyalik ayolni poytaxtdan 13 kilometr uzoqlikda joylashgan Salvadagi uyda otib o‘ldirishgan.
Ular uydan 276,000 kuvayt dinori va uy egasiga tegishli uchta qurolni o‘g‘irlab, qochishgan, deb xabar qiladi Vazirlik Shanba kungi bayonotida.
Guvohlarni so‘roq qilish va kuzatuv kamerasini izchil tekshirish natijasida ikki qotil ham qo‘lga olindi.
Surishtiruv natijasida 40 yoshli Nawasser Shayx Sabahning oshpazi bo‘lib ishlagani aniqlandi. U qurbonlarning oyoq va qo‘llarini bog‘lagan vaqtda, 31 yoshli Al Bughaibesh esa to‘pponcha bilan ularni otib tashlagan.
Politsiyaning so‘zlariga ko‘ra, ikki Eronlik o‘z jinoyatlarini oldindan rejalashtirgan.
Bayonotda aytilishicha, qotillar tergovchilarga berkitilgan pullar va qurollar joyini ko‘rsatishgan.
Shuningdek, tergov natijasida ma'lum bo‘lishicha, eronliklar shayxga xizmat qiluvchi hindistonlik kishiga o‘q uzishgan. Biroq u beliga o‘q tegib, jarohat oladi va jinoyatchilar oldida o‘zini o‘lganga soladi.
Jinoyatchilar uyni tark etgach, aynan shu xizmatchi politsiyani yordamga chaqiradi.
Mavzuga oid
18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
19:18 / 02.11.2024
Archazordan topilgan odam boshi – Qo‘shtepadagi qotillik tafsiloti
19:02 / 31.10.2024