Jahon | 21:03 / 27.11.2016
5319
1 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyada parranda grippi epidemiyasi xavfi sababli 200 ming o‘rdak yo‘q qilindi

Foto: © RIA

Niderlandiya hukumati  Shimoliy Yevropada parranda grippi tarqashining oldini olish maqsadida 190 mingga yaqin o‘rdakni yo‘q qilishni buyurdi, deb xabar bermoqda xorijiy OAV.

Ma'lum qilinishicha, o‘rdaklarni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya Amsterdamdan 70 km uzoqlikda joylashgan Biddingxyoyzen posyolkasida virus aniqlangandan keyin mamlakatning 6 ta fermasida o‘tkazilgan.     

Avvalroq parranda grippining o‘ta yuqumli shtammi H5N8 Daniya, Shvetsiya, Germaniya va Finlyandiyada aniqlangandi. Ayni vaqtda Niderlandiyada aniqlangan virus shtammi Yevropaning boshqa davlatlarida jonzotlarni shikastlagan shtamm bilan mos kelishi noma'lum.

Ayni vaqtda bu davlatlarda insonning parranda grippi bilan kasallanishi holatlari qayd qilinmagan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid