Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon boshqaruvchisiz submarinalar tayyorlanishi uchun 3 mlrd dollar ajratadi
AQSh Mudofaa vazirligi mamlakat Harbiy-dengiz kuchlari uchun boshqaruvchisiz suvosti kemalari tayyorlash maqsadlariga 3 mlrd dollar yo‘naltiradi. Bu haqda Washington Post xabar bergan.
Xabar qilinishicha, Pentagon harbiy kemalar sanoatida yangi texnologiyalar qo‘llash orqali o‘z flotini kuchaytirib, Rossiya va Xitoydan ustunlik qilmoqchi. Xususan, boshqaruvchisiz suvosti kemalari ishlab chiqarilib, bunday kemalardan dengizda kuzatuv ishlari olib borish va shu orqali harbiy harakatlar vaqtida imkon qadar kam yo‘qotishlar bo‘lishini ta'minlash ko‘zda tutilgan.
Ayni vaqtda bu loyiha ishlab chiqarish bosqichida turibdi, ammo harbiy muhandislar yangi qadamlar tashlashni boshlagan.
Rejaga ko‘ra, kelajakdagi boshqaruvchisiz submarinalar masofadan turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqariladi.
Amerikalik muhandislar bunday submarinalar uchun texnik xizmatlar ko‘rsatiladigan maxsus suvosti stansiyalari qurish ustida ham ish olib bormoqda.
Avgust oyida AQSh Harbiy-dengiz kuchlari 2,7 mlrd dollarlik yangi suvosti atom kemasiga ega bo‘lgandi.
Mavzuga oid
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
06:40 / 15.06.2026
Pentagon NUJlar haqidagi 72 ta yangi hujjatni e’lon qildi
11:58 / 25.05.2026
Pentagon NUJlarga oid hujjatlarning navbatdagi qismini e’lon qildi
21:13 / 12.05.2026