Jahon | 10:12 / 27.11.2016
13896
2 daqiqa o‘qiladi

YUNISEF: Suriyadagi yuz minglab bola o‘yinqaroqlikdan va maktabda ta'lim olishdan mahrum

Foto: RBK-Ukraina

Suriyada qamal sharoitlarida yashayotgan bolalar soni keyingi yilda ikki barobar oshgan va 500 ming nafarga yetgan. Bu haqda BMTning bolalar bo‘yicha fondi bo‘lmish YUNISEF hisobotida keltirilgan.

«Suriyada millionlarcha kishilarning hayoti dahshatga aylandi — ayniqsa qamal holatida yashayotgan yuz minglab bolalarning hayoti achinarli ahvolda. Bolalar o‘ldirilmoqda va mayib qilinmoqda. Ular maktablarga borishga yoki ko‘chada o‘ynashga qo‘rqishadi. Ular oziq-ovqat tansiqligi va tibbiy yordamlar yetishmasligi sharoitlarida kun kechirishmoqda», — degan fond rahbari Entoni Leyk.

YUNISEF baholariga ko‘ra, Halabning o‘zidagina 100 ming bola qamalda qolgan. Xavfsizlik ta'minlanmagani tufayli bolalar uylarning, maktablarning va shifoxonalarning yerto‘lalarida o‘ynab, o‘qib va tibbiy yordamlarni olishga majbur bo‘lmoqda.

Qayd etilishicha, Suriyadagi qurolli mojarolar boshlanganiga 6 yil to‘layotgan mahalda YUNISEF yana bir marta harbiy harakatlarni shaharlarni qamal qilish orqali davom ettirishni bas qilishga chaqiradi.

20 noyabr kuni Halabga raketa zarbasi berilishi oqibatida shahardagi maktablardan birining 5 nafar o‘quvchisi halok bo‘lgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid