Sport | 22:39 / 28.11.2016
3050
2 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyada kokain tufayli diskvalifikatsiya qilingan Yeremenkoning futbolkalari sotilishi to‘xtatildi

Xelsinki shahrida va Finlyandiyaning boshqa shaharlaridagi sport buyumlari sotiladigan do‘konlardan Roman Yeremenko nomi tushirilgan terma jamoa liboslari olib tashlandi.

Oktyabr oyida Finlyandiya terma jamoasi va Moskvaning TsSKA klubi yarim himoyachisi Roman Yeryomenkoning doping-testi ijobiy chiqqandi.

Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 1-turida «TsSKA» Germaniyaning «Bayyer» klubi bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagandi. Yeryomenko mazkur bellashuvda nemis klubi darvozasini ishg‘ol qilgan, o‘yindan keyin esa doping nazorati punktiga kiritilgan.

Qonidan kokain moddasi topilgani tasdiqlangach, futbolchiga 18 noyabr kuni 2 yillik diskvalifikatsiya qo‘llandi. Endi u 2018 yilning 6 oktabriga qadar rasmiy futbol musobaqalarida ishtirok etmaydi.

Roman Yeremenko Finlyandiyaga ko‘chib ketgan rossiyalik futbolchi Aleksey Yeremenkning o‘g‘li hisoblanadi. Yeremenko fin fuqaroligini qabul qilgan va shu mamlakat terma jamoasida maydonga tushgan.

Finlarning "Yaro", Italiyaning "Udineze" va "Siyena", Kiyevning "Dinamo" jamoalaridagi faoliyatidan keyin bu futbolchi 2011  yilda Rossiyaga keladi va "Rubin" klubi a'zosiga aylanadi. 2014 yildan esa u TsSKA uchun o‘ynay boshlagandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid