Amerikaliklarning aksariyati AQŞ prezidenti Donald Trampning Xelskinkida Rossiya yetakçisi Vladimir Putin bilan bölib ötgan sammitdagi xatti-harakatini ma'qullamayapti. CBS News tomonidan har ikki yetakçining Finlyandiyadagi uçraşuvidan söng ötkazilgan sörov natijalari şundan darak bermoqda.

AQŞda fuqarolarning 55 foizi Tramp Putin bilan uçraşuvda özini qanday tutganini ma'qullamayapti. Respondentlarning faqatgina uçdan bir qismi (32 foiz) ularning pozitsiyasiga qöşilmagan va Xelsinkidagi sammitda Qöşma Ştatlar prezidenti harakatlarini ma'qulladi. Amerikaliklarning yana 14 foizi javob qaytarişga qiynalgan, deyiladi CBS News xabarida.

Bundan taşqari, AQŞ fuqarolarining aksariyati (70 foiz) Amerika razvedkasi va uning Rossiya AQŞda 2016 yilgi saylov jarayoniga aralaşgani böyiça xulosalariga işonadi. Respondentlarning yana 24 foizi Rossiya aralaşuviga işonmaydi.

Amerikaliklarning 46 foizi fikriça, Tramp Moskvaga nisbatan juda «döstona» munosabatda. Fuqarolarning 6 foiziga köra esa, Tramp juda tajovuzkordir. Yana 41 foiz AQŞ prezidenti Rossiyaga nisbatan adolatli munosabatda bölayotganini bildirgan.