AQŞ Demokratik partiyasida Senat qömitasi a'zolari Robert Menedes va Janni Şahin davlat kotibi Mayk Pompeoga 16 iyul kuni Helsinkida bölib ötgan Donald Tramp va Vladimir Putin uçraşuvida bölgan tarjimonning yozuvlari va boşqa hujjatlarni körsatiş bildirilgan talabnoma jönatişgan.

Menendes va Şahin iyul sammiti bilan boğliq, Tramp va Putin ikki soatdan köproq tarjimonlar iştirokida özaro uçraşuv ötkazgan lahzalardagi «barça maxfiylaştirilgan va maxfiy bölmagan şifrlaşlar, tarjimon yozuvlari va direktivalar»ni taqdim etişni söraşgan.

Modomiki bunday hujjatlar bölmasa, senatorlar buni tasdiqlab berişni talab etişmoqda.

Menendes va Şahin kongressmenlar tomonidan materiallar bilan tanişiş va ularni sinçiklab tekşiriş muhimligini «Rossiyaning har qanday dizinformatsiyasiga javob beriş» zaruriyati bilan tuşuntirişmoqda.

«Rossiya hokimiyati u yerda Oq uyning kommunikatsiyasi mavjud emasligidan ustalik bilan foydalanib, mazkur şaxsiy uçraşuvda nimalar bölgani haqida özlarining yolğon hisobotlarini tarqatiş yölida foydalanişmoqda», — deyiladi senatorlarning xatida.

Senatorlar şuningdek sammit masalasida ularning taşvişi ortayotganiga sabab, Kreml AQŞ Kongressiga bölib ötadigan saylovlarga ham aralaşişga urinişi mumkinligini ta'kidlab ötişdi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp Helsinkida RF prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvdan söng ötkazilgan matbuot anjumanidagi çiqişlari uçun tanqidlar yomğiri ostida qolib ketgan edi.

Şundan söng AQŞ demokratik partiyasidan senator Janni Şahin xonim AQŞ prezidenti Donald Trampning tarjimonini RF prezidenti Vladimir Putin bilan şaxsiy uçraşuvi borasida Kongressda körsatma berişga çaqirgan edi.

AQŞ Vakillar palatasining razvedka böyiça qömitasi Helsinkidagi sammitda iştirok etgan amerikalik tarjimon Marina Grossni Kongressga söroqqa çaqiriş imkoniyatini muhokama qiliş taklifini rad etgandi.