Piter Vesterbaka — Şimoliy Yevropadagi eng maşhur insonlardan biri. U maşhur Xelsinkida ötkaziladigan Slush konferensiyasiga asos solgan. Angry Birds öyinining tarğiboti bilan şuğullanadi.
Vesterbek Finlyandiyada tadbirkorlikning rivojiga hissa qöşadigan barça yirik loyihalarda iştirok etgan. Uning hozirgi katta maqsadlaridan biri – Finlyandiya va Estoniyani boğlaydigan tunel quriş.

Vesterbaka loyiha ustida hamkori Kustaa Valitonen bilan birgalikda işlaydi. Loyiha yölovçilarni Tallindan bor-yöği 20 daqiqada Xelsinkigaça tezyurar poyezdlarda yetkaza oladigan 103-kilometrli tunelni qurişdan iborat. Hozirda bir şahardan boşqa şaharga böğoz orqali yetib oliş uçun 90 daqiqadan ikki yarim soatgaça vaqt talab etiladi (bari ob-havo şaroitiga boğliq).
Tadbirkorlar oddiygina qilib Orol deb nomlanadigan sun'iy orol qurişni rejalaştirişmoqda. Unda minglab turarjoy va tijorat binolari joylaşadi. Orol 50 mingga yaqin aholi, şuningdek kiçik şaharçadagi hayot uçun zarur barça infratuzilmani siğdira oladi. Bularning bari balandparvoz sözlar emas – tadbirkorlar buning uçun qat'iy kirişişgan va hozirning özida Xitoy, Rossiya va Şimoliy Amerikadan barqaror sarmoyalarni olişmoqda.
Finlyandiya va Estoniyani boğlaydigan tunel FinEst Tunnel deb nomlanadi. 103 kilometrga çözilgan tunelda yuqori tezlikdagi poyezdlar uçun tezkor internet bilan jihozlangan ikkita tunel joylaşadi.











