Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya Turkiya va AQShni jangarilarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi
Damashqda Vashington va Anqara Suriya hududidagi radikal guruhlarni qo‘llab-quvvatlayotgani haqida isbotlar bor, deb ma'lum qildi SAR armiyasi generali Samir Sulaymon.
“Qo‘shma Shtatlar IShIDni qo‘llab-quvvatlab, terrorchilikka investitsiya kiritmoqda. Bunga Suriya armiyasining Deyr-az-Zordagi bo‘linmalariga zarba berilgani yaqqol isbotdir”, - dedi general.
Sulaymonning ta'kidlashicha, Damashq Turkiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki “qurollangan bosqinchilar bilan kurash orqali” qarshi chiqmoqda. “Armiyamizning terrorchilik guruhlari bilan mamlakatning barcha hududlari, jumladan, Halabda jang qilayotgani – Turkiya bilan ochiqchasiga bo‘lmasa ham kurash olib borayotganidan darak beradi. Bunga Anqaraning ularni qurollar, kishilar, o‘z mutaxassislari bilan qo‘llab-quvvatlayotgani sababdir”, - deya aytib o‘tgan u.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026