Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagram skrinshotlar haqida xabar beradi
Instagram ijtimoiy tarmog‘i bundan buyon xabarlar skrinshotlari haqida ma'lumotlar beradi. Life.ru'ga ko‘ra, yangilik instagramning barcha xabarlariga taalluqli emas, ular faqat foydalanuvchi Instagram Direct orqali yuboruvchi xabarlarga tegishli.
Bir haftadan ortiqroq vaqt avval mobil ilovaning navbatdagi versiyasida Instagram Direct'da suratlar, videolar hamda jonli translyatsiyalar (hozircha hamma foydalanuvchilar foydalana olmaydi) yo‘qolib borayotganligi ma'lum bo‘ldi. Efir nihoyasiga yetgach, uning tarixi ham yo‘qoladi.
"Instagram nima uchundir foydalanuvchilarni yana bir yangilikdan bexabar qoldirdi: kimdir uning yo‘qolib borayotgan kontentidan skrinshot olishga urinsa, foydalanuvchi bu haqida tizimli xabar oladi", - deb yoziladi manbada.
Bu ba'zi foydalanuvchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Hattoki nufuzli The Verge resursi ham dastlab yangilik Instagram Direct'gagina emas, barcha xabarlarga tegishli ekanligi haqida ma'lumot berdi.
Mavzuga oid
08:04 / 08.05.2026
Instagram «Buyuk tozalash»ni o‘tkazdi: millionlab soxta obunachilar o‘chirildi
21:24 / 31.03.2026
Instagram o‘zining pulli obunasini sinovdan o‘tkazishni boshladi
22:58 / 10.02.2026
«Qaramlik mashinalari» - Instagram va YouTube ustidan sud jarayoni boshlandi
12:55 / 12.01.2026