Jamiyat | 12:48 / 29.11.2016
6655
2 daqiqa o‘qiladi

Iroq bosh vaziri Trampning va'dasi haqida ma'lum qildi

Foto: © AP

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Iroqni IShID terrorchilik guruhi bilan kurashda yanada qo‘llab-quvvatlashga va'da berdi.

AP agentligining xabar berishicha, bunday bayonot bilan Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy chiqish qilgan.

“Fikrimcha, AQSh va Iroqni bunday munosabatlarni qo‘llab-quvvatlashi o‘zaro manfaatlarga mos keladi, - dedi al-Obodiy. – Telefondagi suhbat chog‘ida Qo‘shma Shtatlar nafaqat Iroqni qo‘llab-quvvatlashda davom etishi, balki uning hajmini oshirishi haqida so‘z yuritildi. Shuning uchun men Amerikadan katta yordam kutmoqdaman”.

Mosul shahrini IShIDdan ozod qilish bo‘yicha yer ustidagi harbiy amaliyot 17 oktabr kuni boshlandi. Unda Iroq hukumat qo‘shinlaridan tashqari kurd bo‘linmalari, qurollangan shialar otryadlari va AQSh boshchiligidagi xalqaro terrorchilikka qarshi koalitsiya kuchlari ishtirok etmoqda. 

Ma'lumot uchun, Mo‘sul Iroqda kattaligi bo‘yicha ikkinchi shahar bo‘lib, ikki yildan beri terrorchilar nazoratida turibdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid