Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH missiyasi O‘zbekistonda saylov kampaniyasi ochiq raqobat ruhida o‘tayotganligini ta'kidladi
O‘zbekistonda saylovoldi tashviqoti davri qonunchilikka amal qilingan holda o‘tkazilmoqda, Prezidentlikka nomzodlarga o‘z dasturlarini taqdim etishi hamda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishi uchun teng sharoitlar yaratilgan. Umuman olganda saylov kampaniyasi ochiq raqobat ruhida va yuqori tashkiliy darajada o‘tmoqda.
Bu haqda bugun Toshkentda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) kuzatuvchilar missiyasi vakillari tomonidan aytib o‘tildi. Missiya a'zolari O‘zbekistonda davom etayotgan elektoral mavsum haqidagi xulosa va baholarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan kuzatuvning borishi haqidagi oraliq hisobotida (28 noyabr holatiga) bayon qilishgan. Bunda ular o‘z vazifalarini erkin va mustaqil bajarayotganini ta'kidladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha respublika matbuot markazi xabar bermoqda.
Joriy saylov kampaniyasining barcha bosqichlari, qonuniy asoslar, normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga batafsil to‘xtalar ekan, MDH kuzatuvchilari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ishlari uyushqoqlik va izchillik bilan amalga oshirilayotganini ta'kidladi.
Missiya a'zolarining fikricha, okrug va uchastka saylov komissiyalarining faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan, fuqarolar bosma nashrlar, tele va radiokanallar orqali saylovga tayyorgarlikning borishi haqida xabardor etib borilmoqda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, qonunbuzilish holatlarining oldini olish maqsadida joriy yilning 1 noyabridan Markaziy saylov komissiyasida kecha-kunduz faoliyat yuritayotgan “ishonch telefoni” va elektron pochtaga alohida e'tibor qaratilgan.
O‘zbekiston saylov amaliyotida birinchi marotaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha tadbirlar dasturi qabul qilinib, bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani kuzatuvchilar diqqatini tortgan. Shu maqsadda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
17:43 / 19.06.2026
MDH harbiy shtab boshliqlari Ostonada uchrashdi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
08:43 / 11.06.2026