Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda markazga 1 daqiqa yaqinroq bo‘lish uchun oyiga necha dollar ortiqcha xarajat qilinadi?
Amerikaga ishga borish va u yerdan qaytish “komyut” deb ataladi. Nyu-York esa davlatdagi eng ijobiy komyutga ega shahar hisoblanadi. Yo‘lga o‘rtacha 40 daqiqa vaqt sarflanadi.
Manhettendagi ko‘chmas mulk obektlarining yuqori narxlari ham aynan yo‘l bilan bog‘liq. Bunda ishdan uyga kelish vaqti, shuningdek, yaqin atrofda kafe, restoran, kasalxonalarning joylashgani muhim ahamiyatga ega.
“Yaqinda Nyu-Yorkda yashovchi inson ishga borishda iqtisod qilingan har bir daqiqa uchun oyiga qo‘shimcha 56 dollar to‘lashi haqida o‘qib qoldim. Bu Manhetten ish markazlariga yaqinlashishning har oylik hayot qiymati ham o‘sib borishidan darak beradi”, - deya aytib o‘tdi Nyu-Yorkda yashovchi Denis ismli yigit.
Megapolis fuqarosi Manhettendan qanchalik uzoq yashasa, o‘z hayotiga ham shunchalik kamroq pul sarflaydi. Biroq ishga borish va qaytishga ko‘p vaqt ketib qoladi.
Nyu-Yorkdagi kabi holat Moskvada ham kuzatiladi. Manhettenda kunduz kuni 3,1 mln inson bo‘lsa, kechasi 1,6 mln. kishi qoladi. Bu esa Nyu-Yorkning kunduzgi aholisi komyuter-taunlardan kelganlar hisobiga ko‘payishidan darak beradi. Ular yirik shahardagi ish joylariga kichik shaharchadan boruvchi xizmatchilardir.
Mavzuga oid
16:30 / 10.06.2026
“Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi
11:19 / 20.05.2026
Metroda yurganda masofadan kelib chiqib to‘lov qilish tizimiga o‘tiladi
08:06 / 13.05.2026
Nyu-Yorkdan Londonga 3,5 soatda: yangi aviatsiya davri boshlanmoqda
11:09 / 02.05.2026