Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Messining otasi «PSJ» vakili bilan muzokaralar o‘tkazdi
«PSJ» «Barselona»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messini xarid qilishga jiddiy kirishgan.
RTL telekanali xabariga ko‘ra, Parij klubi tomonidan bu boradagi muzokaralarni sport direktori, ko‘k-anorranglilarning sobiq hujumchisi Patrik Klyuyvert olib bormoqda.
Niderlandiyalik mutaxassis 29 yoshli hujumchining atrofidagilar bilan olib borilayotgan muzokaralarda vositachi rolini bajarmoqda. Xususan, Klyuyvert Lionelning otasi Xorxe Messi bilan o‘yinchining kelasi yil yozidagi transferi ehtimoli yuzasidan suhbatlashgan.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona»ning Messi bilan shartnomasi 2018 yil yoziga qadar imzolangan.
Lionel Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 10 o‘yinda maydonga tushgan, 9ta gol urib, 3ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Mavzuga oid
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
07:03 / 07.05.2026
«PSJ» qatorasiga ikkinchi yil finalga chiqdi
22:20 / 29.04.2026