Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh bayrog‘ini yoqadiganlarga nisbatan qat'iy choralar ko‘rishni taklif qildi
Foto: Getty Images
AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp AQSh bayrog‘ini yoqib yuboruvchi AQSh fuqarolarini jazolashni taklif qildi. U bu haqda tvitterda yozdi.
"Hech kimga AQSh bayrog‘ini yoqishga ruxsat berish kerak emas. Agar kimdir buni qilsa, unda buning oqibatlarini his qilishi kerak. Ehtimol, fuqarolikdan mahrum qilish yoki bir yillik qamoq jazosi", deb yozdi milliarder.
AQShda bayroqni tahqirlaganlik uchun rasman javobgarlik chorasi yo‘q, chunki bunday qilmish uchun jazolashni AQSh konstitutsiyasiga birinchi tuzatma taqiqlaydi. Biroq fuqaro agar boshqa birovning mulki bo‘lgan bayroqni yo‘q qilsa, javobgarlikka tortilishi mumkin. Unda bunday odam sud qaroriga ko‘ra, bayroqning narxiga teng jarima to‘lab berishi shart.
Biroq respublikachilar davlat ramzini tahqirlaganlik uchun majburiy javobgarlikni qaytarishni talab qilmoqdalar.
Mavzuga oid
09:25 / 15.04.2026
Tramp: Eron bilan mojaro tugashiga oz qoldi
08:38 / 15.04.2026
Tramp Melonini Eron bo‘yicha pozitsiyasi uchun keskin tanqid qildi
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
09:02 / 28.03.2026