Virtual qabulxonaga eng ko‘p murojaatlar qaysi shahar aholisidan kelib tushayotgani ma'lum qilindi

Skrinshot: Bosh vazir virtual qabulxonasi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha statistik ma'lumotlarni kuzatib borish imkoniyati joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning virtual qabulxonasi – PM.gov.uz 2016 yil 24 sentabrdan faoliyat yuritmoqda. O‘tgan ikki oy mobaynida virtual qabulxonaga 217 mingga yaqin murojaatlar kelib tushdi va ularning 135 mingdan ziyodi ko‘rib chiqildi, nafaqat ko‘rib chiqildi, balki murojaatchini qiynayotgan savollarga javob berildi yoki mavjud muammolar hal qilindi.
Quyidagi grafik suratlarda bugungi kungacha bo‘lgan qisqacha statistik ma'lumotlar:

Murojaatlarning aksariyati internet tarmog‘i orqali yuborilmoqda.

Murojaatlarning eng ko‘pi Toshkent shahri aholisi hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu internet tarmog‘idan foydalanuvchilarning ham eng katta qismi aynan Toshkent shahriga to‘g‘ri kelishi bilan ham bog‘liq ekanligi aytilgan.

Eng ko‘p murojaatlar quyidagi davlat idoralariga ijroga yuborilgan va ijrosi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Statistik ma'lumotlarning yangilanish davriyligi 12 soatni tashkil etadi (soat 12:00 va 24:00 da). So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Bosh vazir virtual qabulxonasiga yuborilgan murojaatlar soni 218638tani, ko‘rib chiqilganlar soni esa 137602tani tashkil etmoqda.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya kubogi. "Barselona" 116-daqiqada "Real"ga gol urib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Sport | 03:45
-
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:15 / 26.04.2025
-
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:57 / 26.04.2025
-
Dafn marosimi va urush
Jahon | 21:30 / 26.04.2025
Mavzuga oid

14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi

21:05 / 27.03.2025
O‘zbekiston oldida turgan 5 ta asosiy xavf-xatar. Ularni qanday yengish mumkin?

15:52 / 21.03.2025
Tramp Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

11:34 / 19.03.2025