Jahon | 16:38 / 30.11.2016
4945
1 daqiqa o‘qiladi

Imomali Rahmon rasmiy javob tashrifi bilan Chexiyaga yo‘l oladi

Hozircha Budapeshtda bo‘lgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon ertaga rasmiy tashrif bilan Chexiyaga boradi. Bu Chexiya Respublikasi prezidentining taklifi bilan amalga oshirilgan javob tashrifi bo‘ladi. Asia-Plus nashri shu haqida ma'lum qildi

Tashrif davomida Imomali Rahmon va Chexiya prezidenti Milosh Zeman o‘rtasida bir qator ikki tomonlama bitimlarning imzolanishi kutilmoqda. 

2014 yilning noyabrida Chexiya prezidenti Milosh Zeman rasmiy tashrif bilan Dushanbeda bo‘lgan. O‘shanda tashrif yakunlari bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya imzolangan. Shuningdek Tojikiston va Chexiya tashqi siyosiy idoralari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida Protokol, ikki mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirliklarining hamkorligiga doir Kelishuv ham imzolangan. 

Shundan keyin Milosh Zeman Imomali Rahmonni rasmiy javob tashrifi bilan Chexiyaga borishga taklif qilgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid