Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘qolib qolsa, egasini ogohlantiradigan elektron qurilma ishlab chiqarish uchun pul to‘planmoqda
Janubiy Koreya startapi Kickstarter.com saytida kelasi yilning may oyida Wonder Wallet qurilmasini ishlab chiqarish uchun pul to‘plamoqda.
Wonder Wallet yo‘qolish haqida xabar berishdan tashqari, juda ko‘plab boshqa funksiyalarni bajarishi mumkin.
Wonder Wallet qurilmasining asosiy funksiyalaridan biri — kredit kartalari va pullarni saqlash.
Wonder Wallet "elektron siyoxlar" texnologiyasi bo‘yicha yaratilgan oq-qora ekran bilan ta'minlangan (YotaPhone va boshqa elektron kitoblarda xuddi shunday ekran qo‘llanadi), unda turli ma'lumotlar berib boriladi. Masalan, Wonder Wallet smartfon bilan Bluetooth orqali ulanganda, metro sxemasi, joylashgan hududingiz xaritasi, bir kunlik jadval yoki turli tasvirlarni aks ettiradi.
Akkumulyator quvvati Wonder Wallet'dan foydalanish intensivligiga qarab uch kungacha yetadi. Qurilmaning boshlang‘ich narxi - 55 dollar.
Seullik tashabbuskorlar Kickstarter.com kampaniyasining tugashiga 31 kun qolganda 7,2 ming dollar to‘plashdi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026