Rossiyaning sobiq iqtisodiy rivojlaniş vaziri Aleksey Ulyukayev hukumatdagi hamkasblari bilan muloqotlarda davlat "Rosneft" kompaniyasini nazorat qilişdan voz keçişi kerakligini isbotlab kelgan, deb xabar bermoqda ikkita manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Ulyukayevning fikrlari bilan taniş bölgan manbaning aytişiça, Ulyukayev 15 noyabrda korrupsiyada ayblov böyiça hibsga olinişidan avval "Rosneft"da davlat uluşining 50 foizdan kamroqqaça qisqartirili fikrini bildirgan.
Şu bilan birga bir neça amaldorlar sobiq vazirning hibsga olinişi korrupsiyaga qarşi kuraşni namoyiş qilişdan boşqa birorta ham istak bilan boğlanmaganini aytişmoqda.
Biroq, mutaxassislarning aytişiça, kompaniyada davlat uluşini qisqartiriş rejasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqin atrofiga kiruvçi, kompaniya rahbari Igor Seçinning mavqeini zaiflaştirgan bölardi.
Şuningdek, Kreml, "Rosneft" va Ulyukayevning işini olib borayotgan tergovçi jurnalistlarning bu savollariga javob berişmagan.
Ulyukayev "Rosneft"dan 2 mln dollar pora söraganlikda ayblanib hibsga olingandi va keyinçalik lavozimidan böşatilgandi. Hozirda sobiq amaldor uy qamoğida saqlanmoqda va öziga qöyilayotgan ayblovlarni inkor qilmoqda. U 20 yildan köproq vaqt içida panjara ortiga tuşgan amaldagi birinçi vazir böldi.
Hozirda davlat "Rosneft"da "Rosneftegaz" orqali 69,5 foiz uluşga ega. 2016 yilga rejalaştirilgan kompaniyani qisman xususiylaştiriş doirasida "Rosneftegaz" kompaniyaning 19,5 foiz aksiyasini sotişi kerak edi. "Rosneft" bu aksiyalarni özi sotib olib, keyin ularni xususiy investorlarga sotmoqçi.
Ulyukayevning ğoyasi esa "Rosneftegaz" tomonidan yana bir aksiyalar paketi sotilişidan iborat edi. Şundan keyin "Rosneftegaz"ning "Rosneft"dagi uluşi 50 foizdan kamroqqa qisqarardi, qolgan uluş esa xususiy investorlarga tegişli bölardi. Davlat esa qarorlarni bloklovçi aksiyalar paketiga ega bölib qolardi.








