Moskva şahrining Zamoskvoretskiy sudida Rossiya Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi sobiq rahbari Aleksey Ulyukayev sönggi söz bilan çiqiş qildi, deb xabar bermoqda «Gazeta.ru».
Unda Ulyukayev özini gladiator (qadimgi Rimda: sirk maydonida kuraş tuşirilgan qul yoki harbiy asir) bilan taqqoslagan.
«Odamlar keksa gladiator qalin qoğoz - kartondan yasalgan qiliç bilan haqiqiy tahdidlardan özini himoya qilayotgan tomoşaga yiğilişdi. Ular barmoqlarini tepaga kötariş yoki pastga tuşirişga tayyorlar. «Işlar qanday, özingizni qanday his etyapsiz?» deb söraşmoqda. Qönğiroq kimga atab çalinayotganini söramang, u sizlarga atab çalinmoqda», - deya aytib ötgan sobiq vazir.
Ulyukayev sözining oxirgi qismi – angliyalik şoir Jon Donning nasihatidan, u maşhur yozuvçi Ernest Hemingueyning «Qönğiroq kimga atab çalinmoqda» romani nomini olgan.
Şuningdek ma'lum bölişiça, Rossiya poytaxtidagi Zamoskvoretskiy sudi Aleksey Ulyukayevga «Rosneft» rahbari Igor Seçindan 2 million dollar miqdorida pora oliş böyiça iş yuzasidan hukmni 15 dekabr kuni çiqaradi.
«Sud hukm çiqariş uçun çiqib ketmoqda», - deya ma'lum qilgan sudya Larisa Semyonova.
Uning sözlariga köra, hukm 15 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10.00 (Toşkent vaqti bilan 12.00)da ma'lum qilinadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq prokuror Rossiya sobiq iqtisodiy rivojlaniş vaziri Aleksey Ulyukayevni “hukumatga işonçning yöqotilişiga sabab bölgan” poraxörlik holati uçun 10 yil qattiq rejimdagi koloniyada ozodlikdan mahrum etiş va 500 million rubl miqdoridagi jarimaga tortişni söragani xabar qilingandi.

















