Prokuror Rossiya sobiq iqtisodiy rivojlaniş vaziri Aleksey Ulyukayevni “hukumatga işonçning yöqotilişiga sabab bölgan” poraxörlik holati uçun 10 yil qattiq rejimdagi koloniyada ozodlikdan mahrum etiş va 500 million rubl miqdoridagi jarimaga tortişni söradi, deb xabar bermoqda RIA Novosti muxbiri sud zalidan.
Ayblovçi Boris Neporojniyning fikriça, Ulyukayevni xizmat körsatgan iqtisodçi unvoni, lavozim darajasi, “Vatan oldidagi xizmatlari uçun” ordeni va boşqa davlat mukofotlaridan mahrum etiş lozim.
Söralgan jazo muddati ança katta ekaniga qaramay, bu barça jazolar içidagi eng qattiği emas: Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi poraxörlar uçun maksimal 15 yillik qamoqni nazarda tutadi. Bunga prokuraturaning ayblovni biroz yumşatiş, “pora talab qiliş” böyiça eslatmani olib taşlaş va “oliş”ning özini qoldiriş böyiça iltimosi ta'sir körsatgan bölişi mumkin.
"Sudlanuvçi öz xizmat vakolatlarini suiiste'mol qilib, pora talab etgan, u şu bilan hukumatni şarmanda qildi va unga işonçning yöqolişiga olib keldi. Uning pulga ehtiyoji bor edimi? U nafaqat moddiy qiyinçiliklarni boşidan ötkazmagan, balki sariyoğdagi pişloq kabi yaşagan", - degan prokuror.
Himoyaning sobiq vazir sumkada pullar emas, balki vino bölgan, deb öylagani haqidagi versiyasi esa prokurorning kulgisini qistatdi: "Ulyukayev sumkada vino emas, balki kartoşka bölgan deb öylaganini ham aytişi mumkin edi. Buning ustiga bu oğirlik böyiça ham mos kelgan".
"U jinoyat ustida qölga tuşganini tuşunib, özini provokatsiya qurboni sifatida körsatişga harakat qildi", - deya hisoblaydi davlat ayblovçisi.
Neporojniyning alohida ta'kidlaşiça, Rossiya hukumati a'zosi işdan taşqari vaqtida tijorat taşkilotiga kelgan. Bu holatning özi turli taxminlarni keltirib çiqarişi mumkin, deb hisoblagan ayblovçi.
Ayblov tomonining asosiy guvohi sifatida general Oleg Feoktistov iştirok etdi. U pul beriş paytida "Rosneft" xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan. Pullarni Ulyukayevga bergan kompaniya rahbari Igor Seçinning körsatuvlari qisman hisobga olindi, sababi Seçin sudga kelmadi.
Yuqoridagi generalni söroq qiliş yopiq rejimda bölib ötdi, biroq prokuror bu borada ba'zi tafsilotlarni keltirdi. Xususan, Feoktistov bölajak pora uçun pullarni “Rosneft”ga olib kelişgani va u yerda maxsus qulfli sumkaga solişganini, uning kalitiga esa avvaldan reagent yordamida işlov berilganini aytib ötgan.
Prokuror Seçin va Ulyukayevning suhbatlari audio hamda videoyozuvlariga, ekspertiza natijalariga tayangan. "Ekspertlar suhbatda avvaldan topşiriqni bajariş böyiça kelişuv va buyumlarni şartlaşilgan miqdorda hamda hajmlarda topşiriş böyiça belgilar borligini aniqlaşdi", - deya ma'lum qildi prokuror.

















