Moskva şahrining Zamoskvoretskiy sudi Rossiya Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi sobiq rahbari Aleksey Ulyukayevni pora olganlikda aybdor deb topdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti muxbiri sud zalidan.

Sudning aniqlaşiça, Ulyukayev “Rosneft” rahbari Igor Seçindan “özining xizmat vakolatlariga kiruvçi xatti-harakatlar” – “Rosneft” tomonidan “Başneft”ning sotib olinişi töğrisidagi bitimga ijobiy baho xulosa uçun 2 million dollar miqdorida pora olgan. "Ulyukayev mansabdor şaxs bölgani holda, pora olganlikda aybdordir", - deya qaror çiqardi sudya Larisa Semenova.

Ma'lum bölişiça, Moskvaning Zamoskvoretskiy sudi Rossiya Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi sobiq rahbari Aleksey Ulyukayevni sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qiliş haqida qaror çiqargan.

Bu muddat içiga uning uy qamoğida ötirgan vaqti ham kirib ketadi. Şuningdek u pora summasining Rossiya rublidagi qiymatiga teng jarimani ham tölaşi lozim. Bu, sudyaning sözlariga köra, taxminan 130 mln rublni taşkil etadi. Sud qöşimça jazo sifatida Ulyukayevni ozodlikka çiqqanidan söng sakkiz yil davomida hokimiyat organlarida lavozimni egallaş huquqidan ham mahrum qildi. Prokuratura esa 10 yil koloniya va 500 million rubl miqdorida jarima jazosi tayinlanişini söragan.

Şu tariqa, Ulyukayev Rossiyaning zamonaviy tarixida korrupsiya uçun sudlangan ilk federal vazirga aylandi. 

Eslatib ötamiz, avvalroq söralgan jazo muddati ança katta ekaniga qaramay, bu barça jazolar içidagi eng qattiği emasligi xabar qilingandi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi poraxörlar uçun maksimal 15 yillik qamoqni nazarda tutadi. Bunga prokuraturaning ayblovni biroz yumşatiş, “pora talab qiliş” böyiça eslatmani olib taşlaş va “oliş”ning özini qoldiriş böyiça iltimosi ta'sir körsatgan bölişi mumkin.