Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning kuyovi prezident ma'muriyati tarkibiga kirishi uchun o‘z kompaniyalaridan voz kechishi lozim
Foto: © AP
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner rahbar ma'muriyatiga qabul qilinsa, o‘zining shaxsiy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin, deb yozadi Wall Street Journal.
Nashr fikricha, Kushner rahbarlik lavozimlaridan biriga tayinlangach jiddiy tanlov oldida qoladi. Ta'kidlanishicha, ma'muriyat xodimlariga moliyaviy daromad keltiruvchi istalgan ishda ishtirok etish taqiqlanadi.
Bundan tashqari, Kushner haq to‘lanmaydigan maslahatchi bo‘lib ishlasa ham, uning siyosatga bo‘lgan ta'sir doirasi jiddiy nazorat ostida bo‘ladi, deyishdi mutaxassislar.
Ahloq masalalari bo‘yicha ekspertlarning xabar berishicha, prezident ma'muriyatiga kirgan ba'zi bir o‘ta ta'minlangan kishilar qonun bilan bo‘lajak mojarolardan saqlanish uchun o‘z aktivlarini sotishga majbur bo‘lishgan.
Shuningdek ta'kidlanishicha, Kushner o‘z kompaniyalarini “ko‘r trast”ga berish haqidagi masalani ham muhokama qilgan. Biroq, moliyaviy mutaxassislar bunday holat ish bermasligini aytishdi. Ularning fikricha, “aktivlarni trastga berib yuborgan holda, ular sizda yo‘q, deb ko‘zbo‘yamachilik qilish mumkin emas”.
Kushner vakilining nashrga xabar berishicha, “Jared Oq uydagi biron lavozimga tayinlansa, uning kompaniyalarida barcha qonunchilik talablari bajariladi”.
Mavzuga oid
09:30
Tramp NATOdan noroziligini bildirib, Grenlandiyani esladi
23:15 / 09.04.2026
Isroil Livan bilan muzokaralar boshlashini e’lon qildi
21:39 / 09.04.2026
AQSh–Eron sulhi: Trampni to‘xtashga majbur qilgan asosiy omil nima?
19:16 / 09.04.2026