Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada yangi kupyura deb katta mojaro chiqdi
Buyuk Britaniyada 5 funt sterling qiymatidagi yangi kupyura sababli katta mojaro chiqdi. Aniqlanishicha, bu pullarni yaratish uchun hayvonlar yog‘idan foydalaniladi va endi vegetarianlar Angliya bankidan ushbu kupyurani chiqarishda bu moddadan foydalanishni bas qilishni talab qilishmoqda.
Hayvonlar himoyachilari talab ohangida hukumatdan yangi pulni chiqarishda "insoniylik ko‘rsatish" so‘ralgan petitsiyani chop etishdi. Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda ushbu hujjatga 94 ming kishi imzo qo‘ygan.
Yangi 5 funt sterlinglik kupyura joriy yilning sentabrida muomalaga chiqarilgandi. An'anaviy qog‘oz puldan farqli ravishda, plastik tarzida yaratilgan bu pul birligining bir tomonida qirolicha Yelizaveta II, orqa tomonida esa Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri, marhum Uinston Cherchill surati tushirilgan.
Noyabr oxirida tvitter foydalanuvchilaridan biri ushbu plastik kupyuralarni bosuvchi Angliya bankidan ularni chiqarishda haqiqatan ham hayvonlar yog‘i ishlatilishi haqida so‘ragan va buni tasdiqlovchi javob olgan. Amaldorlar esa xuddi shunday modda sovun va shamlar ishlab chiqarilishida ishlatilishini aytishmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026