Iqtisodiyot | 18:11 / 01.12.2016
3882
2 daqiqa o‘qiladi

Daniyaning yirik kompaniyasi nemis raqibini xarid qiladi

Daniyaning A.P. Moller-Maersk A/S konglomerati raqibi - Germaniyaning Hamburg Süd’ini xarid qilmoqchi, deb xabar bermoqda Reuters.

Oetker Group’ning bir qismi bo‘lgan Hamburg Süd dunyoda kattaligi bo‘yicha yettinchi kompaniya bo‘lib, 130 ta konteyner kemalariga ega. Kompaniya shimoliy va janubiy yarim sharlar o‘rtasidagi savdoga ixtisoslashgan.

Maersk Line va Maersk Group ijrochi direktori Soren Skouning ma'lum qilishicha, «Hamburg Süd Maersk Line’ga juda ajoyib tarzda mos tushadi va birgalikda mijozlarimizga eng yaxshi xizmatlarni taklif qilishimiz mumkin».

Ta'kidlanishicha, xarid Maersk Line’ga Lotin Amerikasidagi o‘z ishtirokini oshirish imkonini beradi.

A.P. Moller-Maersk vakillari esa kelishuv haqidagi ma'lumot 2017 yilning ikkinchi kvartali boshida paydo bo‘lishini ma'lum qilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid