Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyada halok bo‘lgan braziliyalik futbolchilar xotirasi yodga olindi
Kolumbiyaning Medelin shahri stadionida Braziliyaning aviahalokatga uchragan "Shapekoense" jamoasi futbolchilari xotirasini yodga olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ayni shu o‘yingohda atigi 3 nafar o‘yinchisi tirik qolgan jamoa mahalliy "Atletiko Nasonal"ga qarshi maydonga tushishi kerak edi. Stadion futbol muxlislari bilan to‘lgani xabar qilinmoqda. "Atletiko" muxlislari o‘zlari bilan Braziliya bayroqlari, gullar, halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik so‘zlari bitilgan plakatlar, oq va yashil havo sharlarini olib kelishgan.
"Futbolda chegara yo‘q. Shapeko aholisi, muxlislari, oilalari sizlarga kuch tilaymiz", — deyilgan stadion tribunasi uzra tortilgan ulkan bannerda. Futbol muxlislari halok bo‘lgan o‘yinchilar xotirasini qarsaklar bilan yodga olishgan.

Eslatib o‘tamiz, 29 noyabrda Medelindan 50 kilometr uzoqlikda aviahalokat ro‘y bergan edi. Uning bortida jami 81 kishi — 72 nafar yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a'zosi bor edi. Ular orasida Janubiy Amerika kubogi finalida "Atletiko Nasonal" jamoasiga qarshi maydonga tushishi zarur bo‘lgan "Shapekoense" klubi o‘yinchilari va xodimlari ham bo‘lgan.
Ayni vaqtda 6 kishi fojiada tirik qolganligi aytilmoqda. Ulardan 3 nafari futbolchilardir. 75 kishi hayotdan ko‘z yumgan.



Mavzuga oid
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
21:35 / 15.06.2026
Rossiyada Tu-22M3 bombardimonchisi halokatga uchradi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026