Jamiyat | 19:02 / 01.12.2016
6216
1 daqiqa o‘qiladi

Press klubning 4-sessiyasi diqqat markazida diniy konfessiyalar bo‘ldi

Bugun, 1 dekabr kuni press-klubda "Saylovlar barcha uchun" nomi ostida to‘rtinchi sessiya o‘z ishini boshladi. Bu safar diqqat markazida diniy konfessiyalar bo‘ldi. 

Sessiyada O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi Usmonxon Alimov, Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti Vikentiy, katolik yepiskop Yeji Matsulevich va boshqalar ishtirok etishdi. 

30 noyabr kuni poytaxtimizdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida “Press Club: Elections.uz - 2016” press-klubining ochilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Press-klubni ochishdan maqsad - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarini yoritish. 

Tadbirda parlament a'zolari, vazirlik va idoralar, xalqaro va ijtimoiy tashkilotlar vakillari, xalqaro kuzatuvchilar, yetakchi ekspertlar, mahalliy va xorijiy jurnalistlar qatnashishdi.

 

Mavzuga oid