Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada sobiq prezidentning uyiga o‘t qo‘yib ketishdi
Janubiy Koreyada mamlakat prezidentining otasi va davlatning sobiq rahbari Pak Chon Xining uyiga o‘t qo‘yib ketishdi. Bu haqda Renxap agentligi politsiya vakillari va mahalliy o‘t o‘chirish xizmati xodimlariga asosan xabar tarqatdi.
Ta'kidlanishicha, yong‘in sobiq prezidentning Kumi shahridagi uyida yuz bergan bo‘lib, u Seuldan 261 km uzoqlikda joylashgan. Buning natijasida sobiq rahbarning portreti qo‘yilgan xotira zaliga jiddiy zarar yetdi.

Politsiya voqeaga aloqadorlikda gumon qilib 48 yoshli erkakni qo‘lga olgan. Agentlikning ta'kidlashicha, gumondor 2012 yil Janubiy Koreyaning boshqa prezident memorialiga ham o‘t qo‘ygan bo‘lishi mumkin.
Hodisa Janubiy Koreyada avj olgan korrupsiya bilan bog‘liq mojaro vaqtida ro‘y berdi. Eslatib o‘tamiz, mamlakat prokuraturasi 20 noyabr kuni prezident Pak Kin Xening yaqin dugonasi – Chxve Sun Sil ishi bo‘yicha oraliq tergov natijalarini ma'lum qildi. Taxminlarga ko‘ra, ayol 50 dan ortiq kompaniyalarni o‘nlab million dollarni o‘zining jamg‘armasiga o‘tkazishga majburlagan.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026