Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda bir yilda ikki marta chegirmali savdo mavsumi joriy etiladi
Dubay hukumati bir yilda ikki marta chakana savdo festivali o‘tkazishga qaror qildi. Unda xaridorlarga yirik chegirmalar tavsiya qilinadi, deb yozmoqda Arabian Business nashri.
Dubay iqtisodiy taraqqiyot departamenti qaroriga muvofiq, chakana savdo markazlaridagi chegirmalar har yilning 1-3 dekabr va 25-27 may kunlari taqdim etiladi.
BAAning Milliy kuniga bag‘ishlangan birinchi shunday chegirmalar savdosi 1 dekabrda boshlandi. Uch kun davom etadigan savdolarda mahalliy, mintaqaviy va xalqaro chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar 30-90 foizlik chegirmalarni taklif etmoqda.
Odatda, Dubayda dekabr-yanvar oylari va iyul-avgust oylarida savdo festivallari o‘tkaziladi. Endilikda, shahar ma'muriyati Xitoy taqvimi bo‘yicha yangi yil hamda Hindistondagi Divali bayrami, shuningdek, boshqa davlatlardagi yirik bayramlar munosabati bilan savdo mavsumlarini joriy qilishni rejalashtirmoqda.
Departament hisob-kitoblariga ko‘ra, chakana savdo sohasi amirlik iqtisodiyotida asosiy o‘rin tutadi. U YaIMning 30 foizini tashkil etadi. Aynan chakana savdo festivallari Dubayga yiliga 20 mln sayyohni jalb qilish strategik rejasini amalga oshirishda muhim o‘rin tutishi belgilangan.
Mavzuga oid
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
14:06 / 25.05.2026