Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagram'ning 2016 yildagi eng mashhur foydalanuvchilari nomi oshkor etildi
Foto: android4e.com
Instagram 1 dekabr kuni 2016 yil yakunlarini sarhisob qildi. Unga ko‘ra dunyodagi eng mashhur sahifalar, xeshteglar hamda geoteglar ma'lum qilindi. Bu haqda TJ kompaniya vakillariga asosan xabar bergan.
Instagram’da eng mashhur bo‘lgan shahar ro‘yxatining birinchi pog‘onasini Nyu-York egalladi. Keyingi o‘rinlar London va Moskvaga nasib etdi. Shuningdek, ro‘yxatda San-Paulu, Parij va Sankt-Peterburg shaharlari ham bor.
Servisning eng mashhur foydalanuvchilari orasida esa birinchi o‘rin qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomesga nasib etdi. Unda 103 million obunachi bor. Keyingi o‘rinlarni Teylor Svift (93,9 million), Ariana Grande (90,3), Beyonse (89,3) va Kim Kardashyan (88,3) band etdi.
Dunyodagi eng mashhur joylar ro‘yxatidan esa Disney ko‘ngilochar bog‘lari, Universal Studios ko‘ngilochar maskanlari va Nyu-Yorkdagi markaziy bog‘ o‘rin egalladi.
Mavzuga oid
08:52 / 27.01.2026
Fransiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
20:34 / 16.01.2026
Avstraliya ijtimoiy tarmoqlarda bolalar davrini to‘xtatdi: qariyb 5 million akkaunt cheklandi
12:55 / 12.01.2026
Antivirus kompaniyasi millionlab Instagram foydalanuvchilarining ma’lumotlari sizib chiqishini qayd etdi. Instagram rad qildi
18:56 / 02.01.2026