Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
LG kompaniyasining Bosh ijrochi direktori o‘zgardi
Jo Seong-jin (JoSeong-jin) LG’ning 2017 yil arafasida kompaniya faoliyati suratini oshirish uchun lavozimi ko‘tarilgan 58 xodimidan biriga aylandi.
SeUL, 1 dekabr, 2016 yil – LG Electronics HomeAppliance&AirSolution (H&A) kompaniyasi rahbari, shuningdek, uch boshqaruvchi direktorlardan biri, kompaniyaning barcha muhim qarorlariga mas'ul Jo Seong-jin (JoSeong-jin) Bosh ijrochi direktor (CEO) etib tayinlandi. Shu ondan boshlab janob Jo Seong-jin tashkilotning barcha bo‘linmalari, jumladan, H&A, MobileCommunications, HomeEntertainment va VehicleComponents ishiga javobgar bo‘ladi, shuningdek, dunyo bo‘ylab 120dan ortiq mahsulotni nazorat qiladi.
Janob Jo Seong-jin (60 yosh) 1976 yil Goldstar kompaniyasida ish boshlagan bo‘lib, 1980 yil ilk bor LG avtomatik kir yuvish mashinasi ustida ish olib borgan jamoa a'zosiga aylanadi. H&A bo‘linmasi prezidentiga aylanishdan avval, 2015 yil u LG kir yuvish mashinalari boshqarmasiga boshchilik qiladi. 2007 yilda janob Jo Janubiy Koreya hukumati tomonidan yangi texnologiyalar va mamlakat sanoatiga qo‘shgan hissasi uchun «Bronzali minora» ordeni bilan taqdirlanadi. So‘nggi yillarda janob Jo Seong-jin LGning SignatureKitchenSuite oshxonasiga o‘rnatilgan, shuningdek, «Internet buyumlar» (IoT) va «aqlli uy» sohalarida kompaniyaning kelajakdagi faoliyati uchun asoslarni qurishda ishlatilgan LG SIGNATURE brendi kabi yangi premium-klass maishiy texnika ishlab chiqarishga o‘tishida muhim rol o‘ynadi.
LG kompaniyasining direktorlar kengashi shuningdek, ayni damda Rossiya va MDH mamlakatlarida LG Electronics prezidenti lavozimida ishlab kelayotgan janob Song Daxyun (58 yosh)ni HomeAppliance&AirSolutions bo‘linmasining prezidenti hamda Bosh ijrochi direktor lavozimiga ko‘tardi. LG Electronics kompaniyasida 33 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan janob Song Daxyun (SongDaehyun) H&A mahsulotlarining asosiy liniyalari, jumladan, konditsionerlar, muzlatgich va oshxona texnika jihozlarini ishlab chiqarishdagi biznes-jarayonlarda faol ishtirok etib kelgan. 2012 yildan boshlab janob Song Daxyun Rossiya va MDH davlatlarida LG prezidenti sifatida mazkur hududlarda kompaniyaning muvaffaqiyatli tijoriy yuksalishi uchun javobgar bo‘lgan.
Janob Jo Seong-jin hamda janob Song Daxyunning lavozimi oshgani munosabati bilan qolgan besh nafar rahbarlar ijrochi vitse-prezident lavozimiga saylandi, 30 rahbar katta vitse-prezident va 38 xodim yangi vitse-prezidentlarga aylandi. Yangi lavozimlarga tayinlanish va yangi lavozimdagi majburiyatlarni o‘z bo‘yniga olish 2016 yil 1 dekabr kuni kuchga kiradi. Shuningdek, qolgan lavozimlardagi ko‘tarilish aksionerlarning umumiy yig‘ilishidan so‘ng 2017 yil 1 yanvar kuni kuchga kiradi.
LG Electronics, Inc. kompaniyasi haqida
LG Electronics, Inc (KSE: 066570.KS) jahon yetakchisi va iste'molchilar elektronikasi, mobil aloqalar va maishiy texnika bozorida innovatsion texnologiyalar ishlab chiqaruvchi sanaladi. Kompaniyada 77 000 xodim butun dunyo bo‘ylab 125 joylarda faoliyat yuritadi. 2015 yilda dunyo miqyosida 48,8 mlrd dollar (KRW 56,5) hajmidagi savdo hajmi bilan LG to‘rt bo‘linma - HomeAppliance va AirSolutions, MobileCommunications, HomeEntertainment va VehicleComponents’dan iborat – u shuningdek, tekis panelli televizorlar, mobil qurilmalar, konditsionerlar, kir yuvish mashinalari va muzlatgichlar ishlab chiqaruvchi jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi. LGElectronics ENERGYSTAR Yil hamkori 2016 hisoblanadi. LGElectronics kompaniyasi haqidagi qo‘shimcha yangiliklar va ma'lumotlar olish uchun iltimos, www.lg.com ga tashrif buyuring.
Reklama huquqi asosida.
Mavzuga oid
17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
23:49 / 11.11.2022
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish etdi
16:56 / 24.08.2022